O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 30- oktabrdagi "Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son farmonining ijrosi bo‘yicha barcha ishchi-xodimlar o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tatbiq qilish yuzasidan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

1sport2505

Davlat statistika qo'mitasida ham har shanba kuni ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida xodimlar o'rtasida turli sport tadbirlari o'tkazilmoqda. Xususan, reja asosida qo'mita markaziy apparati boshqarmalari xodimlari o'rtasida velomarafon o'tkazildi.

1sport2505

Mazkur velomarafonni tashkil etishda “Velo zapchasti” MChJ tomonidan yordam ko'rsatildi.

1sport2505

Muntazam jismoniy tarbiya va ommaviy sportni o'tkazishdan maqsad – har bir fuqaroda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yomon odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, Covid-19ga qarshi ishlarni tizimli va samarali tashkil etish orqali kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish, shuningdek, jismoniy faoliyat orqali xodimlarning ish faoliyatini yaxshilashdir.

1sport2505

1sport2505

1sport2505

1sport2505

Matbuot xizmati

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech