Joriy yilning 7-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Ma'naviyat va ma'rifat kengashi va  Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

 1_7j1a4495

 Statistika agentli direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich dilbar opa-singillarni 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida davlatimiz tomonidan yuksak e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

2_7j1a4649

3_7j1a4593

Statistika agentligi tizimida oʻzining bor kuch-salohiyati, bilim  va tajribasini ayamay fidokorona mehnat qilib, soha rivojlanishiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh xotin-qizlarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari berildi.

4_7j1a4529

5_7j1a4544

Shundan so‘ng, aziz ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Kuy-qo‘shiqlar opa-singillarimiz kayfiyatini yanada ko‘tardi.  

6_7j1a4645

Go‘zal va betakror, sevgi-muhabbat va sadoqat timsoli bo‘lgan ayollarga sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doimiy hamroh bo‘lsin!

7_7j1a4652

Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz ayollar, qadrli opa-singillar!

                                                                                                                                                                         

                                                                                                                      Samimiy va cheksiz hurmat ila, Statistika agentligi jamoasi

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech