Joriy yilning 19-dekabr kuni Milliy statistika qo‘mitasida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida mehnat jamoalarida xodimlarning korrupsiyaga qarshi murosasizligini oshirish yuzasidan targ’ibot tadbiri tashkil etildi.

5

Tadbirda xodimlarga Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida hamda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini tushuntirish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlarning murosasizligini oshirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

5

Milliy statistika qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i O. Soliyev xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi bo‘yicha manfaatlar to‘qnashuvi, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari haqida tushunchalar berdi.

5

Shuningdek, xodimlarga manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo’ymaslik, korruspiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish hamda odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirildi.