Buxoro viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish hamda xodimlarning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishda odob-axloq qoidalariga rioya etishi masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vazifalarini halol va xolis bajarish, shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda axborot xavfsizligi hamda kasbiy etika talablariga amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.





