Joriy yilning 11-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda davlat xaridlari jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Milliy statistika qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i V. To‘xtayev ishtirok etib, xodimlarga korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va tartibga solish, xizmat vazifalarini bajarishda halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berdi.




Shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya etish, manfaatdorlik va korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, xarid jarayonlarida ochiqlik va xolislikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.


