Joriy yilning 3-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan vebinar tashkil etildi.

7j1a46761_p98730

Tadbirda Statistika agentligining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Farhod Toʻrayev, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshligʻi Botir Melikmurotov, Bosh yuriskonsult Dilshodjon Ibrohimov va hududiy statistika boshqarmalarining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi hamda Bosh yuriskonsult xodimlari ishtirok etdi.

7j1a46721_p72112

Nomzodlarni ishga kirish jarayonida va davlat xaridlari boʻyicha mafaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelganda, masʼul boʻlimga xabar berish tartibi tushuntirildi.

7j1a46631_p79026

Shuningdek, vebinarda xodimlarga bugungi kunda hududiy statistika organlarining mehnat qonunchiligiga rioya qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi foliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori mazmun-mohiyati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida bugungi kunda ishlab chiqilgan normativ - huquqiy hujjatlar boʻyicha tushunchalar berildi.

7j1a46801_p60043

Vebinar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

7j1a46591_p93670

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech