Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Milliy statistika qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi V. Toʻxtayev ishtirok etib, xodimlarga korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, xizmat vazifalarini bajarishda halollik va shaffoflik tamoyillariga qatʻiy rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berdi.




Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amaldagi qonunchilik talablari, ichki nazorat tizimi hamda xodimlarning bu boradagi masʻuliyati haqida maʻlumot berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar bilan tanishdilar.


