Milliy statistika qo‘mitasi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida o‘quv seminari tashkil etildi.


Seminarda Ochiqlik indeksining har bir indikatori bo‘yicha mas’ul bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ijro holatini oylik tahlil qilish, ochiq e’lon qilinayotgan axborotlarning to‘liqligi, dolzarbligi va ishonchliligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, indikatorlar bo‘yicha asoslovchi materiallarni belgilangan tartibda shakllantirish, ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish hamda aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.


