Joriy yilning 6-dekabr kuni Statistika agentligida agentlikning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati tomonidan “9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlab markaziy apparat xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Rezpublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan Statistika agentligi va uning quyi tizim tashkilotlarida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish hamda ushbu illatga nisbatan xodimlarda murosasiz koʻnikmalarni shakllantirish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Sohani korrupsiyadan holi tizimga aylantirish uchun joriy yilda statistika organlarining 70 ta vazifa va funksiyalari korrupsiyaviy xavf-xatarlar bo‘yicha baholanganligiga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish so‘ngida seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bosh mutaxassisi B.Melikmurotov tomonidan batafsil javob berildi.
Matbuot xizmati