Milliy statistika qo‘mitasida “Xotin-qizlar huquqlari — qonun himoyasida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir Qo‘mitaning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi hamda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida o‘tkazildi.



Unda xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik normalari va huquqiy himoya mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.


