Xorazm viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda davlat xaridlarida qonunchilik talablariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.




Shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilik hujjatlariga qat’iy rioya etish, xarid jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga mas’ullar tomonidan batafsil javoblar berilib, kelgusida bu yo‘nalishda profilaktik va targ‘ibot ishlarini tizimli davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.


