Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

photo_2026-07-17_11-22-00

photo_2026-07-17_11-22-04

Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, xizmat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda odob-axloq qoidalariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishda har bir xodimning mas’uliyati alohida qayd etilib, seminar ishtirokchilariga amaliy tavsiyalar berildi.