Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy statistika boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish masalalariga mas’ul xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchilik targ‘iboti” mavzusida videokonferensaloqa shaklida seminar tashkil etildi.

7

Seminarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, xodimlarning huquqiy bilim va mas’uliyatini oshirish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

7

Tadbir davomida hududiy statistika boshqarmalarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini samarali yo‘lga qo‘yish, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashildi.

7

Seminar yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, hududiy boshqarmalarda qonunchilik targ‘ibotini muntazam olib borish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.