Milliy statistika qoʻmitasida hududiy statistika boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha masʼul xodimlari uchun E-anticor axborot tizimida maʼlumotlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida joylashtirish masalalariga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda E-anticor axborot tizimiga kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar, ularni rasmiylashtirish, belgilangan muddatlarda joylashtirish hamda hisobot maʼlumotlarining toʻliqligi va ishonchliligini taʼminlash boʻyicha amaliy tushuntirishlar berildi.

photo_2026-06-23_19-19-53_p22686

photo_2026-06-23_19-19-46_p79101

Shuningdek, masʼul xodimlarga korrupsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar, profilaktik tadbirlar, ichki hujjatlar va hisobotlarni tizimda aks ettirishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan jihatlar yuzasidan tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.