Milliy statistika qo‘mitasining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan tizim tashkilotlarining mas’ul xodimlari ishtirokida Ochiqlik indeksi indikatorlari ijrosiga bag‘ishlangan o‘quv seminari videokonferensaloqa shaklida tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Ochiqlik indeksini baholash mezonlari, indikatorlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish, yangilab borish va belgilangan muddatlarda ochiq axborot resurslariga joylashtirish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

p

p
Shuningdek, ochiq ma’lumotlarning to‘liqligi, dolzarbligi va ishonchliligini ta’minlash, rasmiy veb-saytda e’lon qilinadigan axborotlarning sifati, asoslovchi hujjatlarni tayyorlash hamda indikatorlar ijrosi bo‘yicha mas’ullar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida tizim tashkilotlari mas’ul xodimlarining savollariga javoblar berilib, Ochiqlik indeksi ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.