Joriy yilning 9- dekabr kuni Xalqaro Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi “Hyatt Regency” mehmonxonasining yig‘ilishlar zalida “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi islohotlar: natija va ustuvor yo‘nalishlar” mavzuvda xalqaro konfrensiya bo‘lib o‘tdi.

korrupsiya101221_ici1

korrupsiya101221_ici2

korrupsiya101221_ici3

Mazkur yig‘ilishda Davlat statistika qo‘mitasidan Korrupsuyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i  Z. Abduxamidov ishtirok etdi.

Yig‘ilish, Korrupsiyaga qarshi milliy kengash, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va BMTTDning O‘zbekistondagi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha maslahatchisi tomonidan tashkil qilindi.

korrupsiya101221_ici4

korrupsiya101221_ici5

korrupsiya101221_ici6

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlariga barcha soha vakillarini jalb etish, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonlaridagi islohotlardan xabardor qilish va ushbu yo‘nalishdagi bilimlarni mustahkamlashdan iborat.

Tadbirda, ishtirokchilar korrupsiya bo‘yicha xalqaro tajribalar va milliy chora-tadbirlar yuzasidan bir qator bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Matbuot xizmati