Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4273-son qarori ijrosini taʼminlash hamda respublikada bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 625-son qaroriga muvofiq, 2020-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida Multiindikator klaster kuzatuvlari oʻtkazilishi belgilangan edi.
Multiindikator klaster kuzatuvi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamgʻarmasi–UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan uy xoʻjaliklarining tanlanma kuzatuv xalqaro dasturi boʻlib, asosan bolalar va ayollar holatini baholash maqsadida koʻp koʻrsatkichli maʼlumotlarni yigʻadi, shu oʻrinda onalar va bolalar boʻyicha dunyo miqyosidagi eng yirik statistik maʼlumotlar manbaasi hisoblanadi.
MICS kuzatuvlari 1995-yildan boshlab 2022-yilga qadar butun dunyo mamlakatlari oʻrtasida 118 ta davlatda 349 marotaba oʻtkazilgan. Ushbu kuzatuvda ona va bola salomatligi, ayollarning reproduktiv salomatligi, bolalar huquqlari va ularning taʼlim olish darajasi, bolalarning sogʻlom va jismoniy rivojlanishi kabi muhim statistik koʻrsatkichlar jamlanadi.
MICS natijalari boʻyicha shakllantirilgan maʼlumotlar, 16 yil ichida ilk marotaba UNICEFning (mics.unicef.org) veb-saytiga joylashtirildi.