Joriy yilning 20-21- yanvar kunlari Guliston shahridagi mahallalarda sinov tariqasida multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)da “Xaritalash va ro‘yxatga olish” ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari Davlat statistika qo‘mitasi va UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi koordinatori, xorijiy ekspertlar tomonidan olib borildi.MICSichi122012021

Ekspertlar xarita va ro‘yxat tuzuvchi mutaxassislarga xaritalash va ro‘yxatga olish ishlarini qay tartibda amalga oshirish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, mashg‘ulot ishtirokchilariga “Xaritalash va ro‘yxatga olish” ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.MICSichi222012021

Ta’kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida hukumatimiz BMTning bolalar  jamg'armasi UNICEFning texnik ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, Davlat statistika qo‘mitasi va BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) hamkorligida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etib kelinmoqda.MICSichi322012021

Hozirda davom etayotgan mazkur o‘quv-seminarlarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, xalqaro ekspertlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tanlab olingan xarita va ro‘yxat tuzish uchun mas'ul xodimlar ishtirok etmoqda.

Mazkur o‘quv-mashg‘ulotlarda xarita va ro‘yxat tuzuvchi mutaxassislar Davlat statistika qo‘mitasi hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi koordinatorlar hamda xorijiy ekspertlar tomonidano‘qitilmoqda.

Matbuot xizmati