Joriy yilning 25-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 625-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida BMTning Bolalar fondi (YUNISEF) bilan hamkorlikda multiindikatornogo klaster kuzatuvini (MICS) o‘tkazish bo‘yicha ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda MICS kuzatuvining maqsad va vazifalari, o‘tkazish bosqichlari, ishchi guruhi vazifalari muhokama qilindi. Tadbirda ishtirok etgan vazirlik va idoralar hamda Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari ishchi guruhining dastlabki ish grafigi, MICS savolnomalari va ularning modullarini ko‘rib chiqishdi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra keyinchalik Milliy sohalararo Muvofiqlashtiruvchi kengashga tasdiqlash uchun kiritiladigan MICS kuzatuvi savolnomalarining modullari kelishib olindi.
Axborot xizmati