Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) hamkorligida MICS savolnomalarini to‘ldirish bo‘yicha videoseminar tashkil etib kelinmoqda. 

Onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur o‘quv-seminarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, xalqaro ekspertlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va poytaxtimizdan tanlab olingan supervayzer va intervyuerlar ishtirok etayabdi.

Seminarda multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish bo‘yicha tayyorlangan savolnomalarni sinov tariqasida tekshirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida hukumatimiz UNICEF va UNFPA tashkilotlari ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Shu yil 14- sentabrdan buyon o‘tkazilib kelinayotgan ushbu o‘quv-seminarida supervayzer va intervyuerlar Davlat statistika qo‘mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari tomonidan o‘qitilayabdi.

21–22- sentabr kunlari o‘quv-seminari ishtirokchilari Toshkent viloyati va poytaxtimizdan tanlab olingan mahallalarda  multiindikator klaster kuzatuvlari savolnomalarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech