Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich ayni kunlarda mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) jarayonlari bilan tanishish maqsadida Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrif buyurdi.

Miksichi1060521

Qo‘mita raisi MICS kuzatuvlarini o‘tkazayotgan intervyuyer va supervayzerlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularga karantin talablariga rioya qilgan holda aholi xonadonlariga tashrif buyurishi, so‘rovnoma ma'lumotlarini planshetlarda to‘liq aks ettirish bo‘yicha kerakli taklif va tavsiyalar berdi. Shuningdek, MICS kuzatuvlarining xalqaro standart talablari asosida o‘tkazilishi to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Miksichi2060521

Miksichi3060521

Miksichi4060521

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda multiindikator klaster kuzatuvlari shu yilning 5- aprelidan buyon o‘tkazilmoqda.

Multiindikator klastеr kuzatuvlari jarayonida mamlakatimizning 726 ta mahallasidagi 14520 ta uy xo‘jaliklarida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlar yig'iladi.

Miksichi5060521

Mazkur tadbir Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori асосида tashkil etilmoqda. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishdir.

Miksichi6060521

Multiindikator klaster kuzatuvlari 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalar yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

Miksichi7060521

To‘plangan ma'lumotlar va ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo‘lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim omil bo‘ladi va xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni, rivojlanish va xizmat ko‘rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham zarurdir.

Miksichi8060521

Miksichi9060521

Shuningdek, qo‘mita raisi 2023- yilda bo‘lib o‘tadigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga Sirdaryo viloyatida ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni bilan ham yaqindan tanishdi. Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo‘limi xodimlariga ko‘cha va mahalla nomlari, uy raqamlari hamda boshqa kartografik materiallar bilan ishlash jarayonida qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi. Aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonini keng  jamoatchilikka targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda faollikni yanada oshirish, puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha taklif va topshiriqlar berdi.

 

 

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech