Davlat statistika qo‘mitasi Xalqaro bolalar tashkiloti – YUNISEF bilan birgalikda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida multiindikator klaster kuzatuv(MICS) savolnomalarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
MICS savolnomalarini moslashtirish va muvofiqlashtirish jarayonlari bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi. Uy xo‘jaliklari hamda ayollar uchun individual savolnomalar, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar hamda 5–17 yoshdagi bolalar uchun MICS savolnomalari ingliz tilidan o‘zbek va qoraqalpoq tillariga tarjima qilindi.
Shuningdek, kuzatuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan mahallalarni tanlab olish, ularni xaritalarini shakllantirish ishlari amalga oshirildi. YUNISEFning tavsiya va ko‘rsatmalari asosida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan MICS kuzatuvida ishtirok etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahardan nomzodlar ro‘yxati shakllantirildi.
Shu bilan birga, intervyurlar va supervayzerlar uchun qo‘llanmalar, antropometriya hamda kuzatuvni o‘tkazish rejalashtirilgan uy-xo‘jaliklari ro‘yxatini shakllantirish va ularning xaritalarini tuzish bo‘yicha qo‘llanmalar ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Axborot xizmati