2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror asosida hukumatimiz BMTning bolalar jamg'armasi –UNICEFning texnik ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Shu kunlarda yurtimiz hududlarida MICS kuzatuvlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, 11-13- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasining Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J. Qambarov Namangan viloyatining Norin tumanida yuqoridagi tadbirni sifatli tashkil etilishini nazorat qilish maqsadida tashrif buyurib amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan axborot berib boramiz.
Matbuot xizmati