Joriy yilning 23-aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi bilan YUNISEF o‘rtasida masofaviy tarzda videoaloqa orqali muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada mamlakatda multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqqan holda kelgusidagi tadbirlar kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid zarur va dolzarb bo‘lgan statistik ma'lumotlarni yig‘ish yuzasidan multinidikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi “2020–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 625-son qarori qabul qilingan.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech