Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 24- iyuldagi “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamda xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda kuzatuvlarga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.micsichi23122020micsichi23122020micsichi523122020

Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish uchun tanlab olingan Toshkent shahri Olmazor tumani “Chig‘atoy Oqtepa”, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani “Bahor” hamda Yangiyo‘l shahri “Mezon” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi xonadonlarda CAPI dasturidan foydalangan holda tayyorlangan MICS savolnomalari sinovdan o‘tkazilmoqda.micsichi23122020micsichi23122020

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha bir qancha tadbirlar o‘tkazildi. Mazkur tashkil etilgan tadbirlarda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berilgan.

Axborot xizmati