Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 24- iyuldagi “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamda xalqaro ekspertlar bilan yaqin hamkorlikda kuzatuvlarga tayyorgarlik ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 2- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mahmudjon Ziyadullayev boshchiligida Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni, o‘quv mashg‘ulotlari va tajriba sinov ishlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi, yig‘ilishda multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma‘lumot berildi.
MICSda muhim o‘rin tutuvchi ushbu bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan tanlab olingan supervayzer va intervyuerlar jami 98 kishi, bir oy mobaynida Orient Grand mexmonxonasida tashkil etiladigan terningda ishtirok etishadi.
Shu yil 1- martda boshlangan ushbu o‘quv-seminarida supervayzer va intervyuerlar Davlat statistika qo‘mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari tomonidan o‘qitiladi.
Yig‘ilishda qatnashchilar Multiindikator klaster kuzatuvini o`tkazish bilan bog`liq masalalr bo`yichava kuzatuvni to‘g‘ri tashkil qilish yuzasidan fikr-mulohaza almashdi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati hamda UNIСEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasining kuzatuvni o‘tkazish ishlariga mas’ul koordinatorlari tomonidan MICS bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Matbuot xizmati