Davlat statistika qo‘mitasida YUNISEF vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 Davlat statistika qo‘mitasi raisi o'rinbosari Mahmudjon Ziyodullayev  boshchiligida o‘tgan tadbirda 2020–2021 yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda O‘zbekistonda multiindikator klaster tekshiruvlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. YUNISEFning mintaqaviy konsultanti Sinan Turkyilmaz multiindikator klaster tekshiruvlarini o‘tkazish uchun tanlamani shakllantirish jarayoni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. 

 

 Uchrashuv yakunida YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Afshin Parsi Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, bunday hamkorlik aloqalari statistika sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Axborot xizmati