Davlat statistika qo‘mitasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi – UNICEF bilan hamkorlikda multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda.
Joriy yilning 27-aprel kuni UNICEF vakili tomonidan "2020–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)" qo‘shma loyihasi doirasida Davlat statistika qo‘mitasiga kuzatuvni o‘tkazish uchun uskunalar topshirildi.
2020-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlari muvaffaqiyatli amalga oshirilgandan so‘ng barcha qurulmalar – kompyuterlar, printerlar, planshetlar, bolalar va go‘daklar uchun o‘lchov taxtalari, bolalar uchun elektron tarozilar Davlat statistika qo‘mitasi mulkiga o‘tkaziladi.
Axborot xizmati