Joriy yilning 20- aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi "Ahillik" mahalla fuqarolar yig'inida Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha mediatur o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining supervayzer va intervyuerlaridan iborat ishchi guruhi a'zolari OAV vakillarini multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) jarayoni bilan yaqindan tanishtirdi.
Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining yashash sharoitlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shuningdek, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.
Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.
Matbuot xizmati