2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

MICSichi118022021

Mazkur qaror asosida hukumatimiz BMTning bolalar  jamg'armasi –UNICEFning texnik ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

MICSichi218022021

Shu kunlarda yurtimiz hududlarida MICS kuzatuvlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, 17- fevral kuni Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari M. Ziyadullayev Surxondaryo viloyatining barcha tumanlarida yuqoridagi tadbirni sifatli tashkil etilishini nazorat qilish maqsadida tashrif buyurib amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

MICSichi318022021

MICSichi418022021

Ta’kidlash lozimki, multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ish. Bu, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida (onalari yoki vasiylaridan olingan) aniq ma'lumotlar, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) hamda jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

MICSichi518022021

Multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan axborot berib boramiz.

Matbuot xizmati