Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 24- iyuldagi “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi va BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamda xalqaro ekspertlar bilan yaqin hamkorlikda kuzatuvlarga tayyorgarlik ko‘rish ishlari amalga oshirilmoqda.

miksichi26032021

Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari va tajriba sinov ishlari jarayoni bilan tanishdi. Qo’mita rahbari multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni to’liq va sifatli o‘tkazish lozimligini ta’kidladi. Buning uchun har tomonlama puxta tayyorgarlik ko’rgan holda bu kabi o’quv seminarlarida yetarlicha bilim, ko‘nikma va tajriba talab etiladi.

miksichi126032021

miksichi226032021

MICSda muhim o‘rin tutuvchi ushbu bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan tanlab olingan supervayzer va intervyuerlar jami 98 kishi, bir oy mobaynida Orient Grand mexmonxonasida tashkil etiladigan treningda ishtirok etishadi.

miksichi326032021

Shu yil 1- martda boshlangan ushbu o‘quv-seminarida supervayzer va intervyuerlar Davlat statistika qo‘mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari tomonidan o‘qitilmoqda.

miksichi426032021

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati hamda UNIСEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasining kuzatuvni o‘tkazish ishlariga mas’ul koordinatorlari tomonidan MICS bo‘yicha kerakli tavsiyalar berilmoqda.

 Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech