Joriy yil 14-26 sentabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan multiindikator klaster kuzatuvlari o‘tkazishga dastlabki tayyorgarlik bo'yicha o'quv-mashg`ulotlari tashkil etildi. O'quv-mashg`ulotlarda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Toshkent viloyati va poytaxtimizdan tanlab olingan supervayzer va intervyuerlar ishtirok etdi.

O'quv-mashg`ulotlar ikki bosqichda o'tkazildi. Birinchi bosqichda ishtirokchilarga  multiindikator klaster kuzatuvlari bo'yicha tushunchalar, savolnomalar tuzilishi, savolnomalardagi savollar mazmun-mohiyati, respondentlarga savollarni to'g`ri, tushunarli tarzda yetkazish, kuzatuv o'tkazish yuzasidan bilim va ko'nikmalar berildi.

Ikkinchi bosqichda  Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahri va Taxiatosh tumanidan, Toshkent viloyati Qibray tumanidan va poytaxtimizning Yunusobod tumanlaridan tanlangan mahallalarda sinov tariqasida kuzatuvlar o'tkazildi.  Kuzatuvlarda  savolnomalardagi savollar to`g`ri tuzilganligi va respondentlarga tushunarliligi o`rganildi.

Ta’kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida hukumatimiz UNICEF va UNFPA tashkilotlari ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

O'quv-mashg`ulotlar yakunida ishtirokchilar Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech