Avval xabar berganimizdek, multiindikator klaster kuzatuvlari joriy yilning 5- apreldan buyon o‘tkazilmoqda.

MICSichi103052021

Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat. MICS ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

MICSichi203052021

2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ishdir.

MICSichi303052021

Jumladan joriy yilning 29- aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Qo‘qon shahridagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida tanlab olingan uy-xo‘jaliklarda olib borilayotgan kuzatuv jarayonlari o’rganish yuzasidan tadbir tashkil etdildi.

MICSichi403052021

To’plangan ma'lumotlar va ko'rsatkichlar O'zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga erishish yo'lidagi taraqqiyotini kuzatish uchun muhim omil bo'ladi va xalqaro ma'lumotlar bazalariga kiritiladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ular ijtimoiy xizmatlar sohasida qarorlar qabul qilish, milliy siyosatni, rivojlanish va xizmat ko’rsatish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ham zarurdir.

MICSichi503052021

Multiindikator klaster kuzatuvlari 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech