Joriy yilning 13- aprel kuni Xorazm viloyatining Urganch shahridagi "Yangi Obod" mahalla fuqarolar yig‘inida multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) jarayonlarini o‘rganish bo‘yicha mediatur o‘tkazildi.

MICSichi114042021

MICSichi214042021

MICSichi314042021

Xorazm viloyati Urganch shahrida tashkil qilingan mazkur tadbirda, Xorazm viloyati statistika boshqarmasining supervayzer va intervyuerlaridan iborat ishchi guruhi a'zolari OAV vakillarini multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) jarayoni bilan yaqindan tanishtirdilar.

MICSichi414042021

MICSichi514042021

MICSichi614042021

Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining yashash sharoitlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni shuningdek, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida onalari yoki vasiylaridan olingan aniq ma'lumotlarni, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) va jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqiyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

MICSichi714042021

MICSichi814042021

MICSichi914042021

Ushbu tadbir davomida mamlakatimizning 726 ta mahallasida ayollar, bolalar va uy xo'jaliklarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi to‘g‘risida muhim ma‘lumotlarni yig'ishdan iborat. Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS) ma'lumotlarini yig'ish 2021- yil 31- iyulgacha davom etadi.

Matbuot xizmati