2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.MICSichi127012021

Mazkur qaror asosida hukumatimiz BMTning bolalar  jamg'armasi –UNICEFning texnik ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.MICSichi227012021

Shu kunlarda yurtimiz hududlarida MICS kuzatuvlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida turli uchrashuvlar o‘tkazilayapti. Jumladan, Jizzax, Xorazm, Buxoro viloyatlarida o‘tkazilgan kuzatuvlarda xaritalash va ro‘yxatga olish ishlarini bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.MICSichi327012021

Ta’kidlash lozimki, multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholining yashash sharoitlari to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ish. Bu, 15 yoshdan 49 yoshgacha bo‘lgan ayollar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar to‘g‘risida (onalari yoki vasiylaridan olingan) aniq ma'lumotlar, aholi turmush darajasi, yashash joyi (shahar yoki qishloq) hamda jinsi bo‘yicha to‘plangan barcha ma'lumotlarni mamlakatlar miqyosida xalqaro darajada taqqoslash imkonini beradi.

Multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari yuzasidan axborot berib boramiz.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech