Sizni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan shu yil 20-fevral kuni soat 10:00da Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida “Mamlakatimizning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda statistik ma'lumotlarning ochiqligi” mavzusida tashkil etiladigan ochiq muloqotda ishtirok etish uchun taklif etamiz!
Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil ma`lumotga ega bo`lish hamda qo`mita faoliyatiga doir o`zingizni qiziqtirgan savollar bo`lsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.
Manzil: Toshkent shahri, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy.
Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati