14/03/2023

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022- yilning yanvar-dekabr oylari uchun huquqbuzarlik va turistik oqimlar statistikasi bo‘yicha quyidagi statistik ma’lumotlar shakllantirilib, agentlik veb-saytining “Rasmiy statistika” bo‘limida quyidagi manzil boʻyicha joylashtirildi: https://stat.uz/ru/ofitsialnaya-statistika/crime-and-justicehttps://stat.uz/ru/ofitsialnaya-statistika/social-protection:

- Hududlar kesimida ro`yxatga olingan qasddan odam o`ldirish va o`ldirishga suiqasd qilish holatlari soni;

- Hududlar kesimida qasddan odam o`ldirish va o`ldirishga suiqasd qilish jinoyatini sodir etgan shaxslar soni;

- Jinoyat sodir etgan shaxslarning yoshi va  jinsi bo'yicha tarkibi;

- Jinoyat sodir etgan ayollar sonining jinoyatlar turi bo‘yicha taqsimlanishi;

- Hududlar kesimida jami ro`yxatga olingan jinoyatlar soni;

- Jinoyat sodir etgan erkaklar sonining jinoyatlar turi bo‘yicha taqsimlanishi;

- Hududlar kesimida jami jinoyat sodir etgan shaxslar soni;

- Jinoyat sodir etgan ayollarning jinoyat turlaridagi ulushi;

- Jinoyat sodir etgan erkaklarning jinoyat turlaridagi ulushi;

- Jinoyat sodir etgan shaxslardan ayollarning ulushi;

- Jinoyat sodir etgan shaxslardan erkaklarning ulushi;

- Ro`yxatga olingan jinoyatlar soni;

- Jinoyat sodir etgan shaxslar tarkibi (jamiga nisbatan foizda);

- 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasidan ketgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari sonining mamlakatlar bo‘yicha taqsimoti;

- 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolari sonining mamlakatlar bo‘yicha taqsimoti;

- Turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining davlatlar bo‘yicha taqsimlanishi;

- O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining davlatlar bo‘yicha taqsimlanishi;

- O`zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi;

- O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan fuqarolar soni;

- O‘zbekiston Respublikasidan turistik maqsadlarda ketgan fuqarolar soni.