27/06/2024

2024- yil 1-iyuldan 8-iyul  kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:

5iyul:

4-sanoat (mahalliylashtirish) shakli  Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot

Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda qatnashayotgan tashkilotlar

4-sanoat (metall) shakli Qora va rangli metall mahsulotlari resurs bazalarining hosil bo‘lishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi to‘g‘risida hisobot

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari-idoraviy bo‘ysunishdagi xo‘jalik subyektlari bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlarni;

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari-hududiy bo‘ysunishdagi xo‘jalik subyektlari bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlarni.

3-don shakli Don ekinlarini tayyorlash toʻgʻrisida hisobot, Don tayyorlovchi tashkilotlar

3-pilla shakli Pilla xaridi toʻgʻrisidagi hisobot , Pilla tayyorlovchi tashkilotlar

4-daftar shakli Ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida tashkil etilgan dehqon xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari – (“Temir daftar”ga kiritilganlar faoliyati boʻyicha);

Oʻzbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari – (“Ayollar daftari”ga kiritilganlar faoliyati boʻyicha);

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlari – (“Yoshlar daftari”ga kiritilganlar faoliyati boʻyicha);

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari – (“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilmagan fuqarolarga ijaraga berilgan yer maydonlari boʻyicha).

4-qx (tashkilot) shakli Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot

Qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi  tashkilotlar (fermer xoʻjaliklari, mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari)

4-fx shakli Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot, Fermer xoʻjaliklari

4-dx shakli Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot, Mahalla fuqarolar yigʻinlari

4-transport shakli Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti ishi to‘g‘risida hisobot

O‘z balansida yoki ijaraga olgan beshdan ortiq avtomobillari bo‘lgan yuridik shaxslar (notijorat tashkilotlar, kichik korxonalar va mikrofirmalardan tashqari) Elektr transportida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar

12-korxona shakli  tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot

Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar

12-korxona (savdo) (12-korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot

Hududiy alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxs bo‘lgan ulgurji, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va ovqatlanish tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari)

12-korxona (sanoat) (12-korxona shakliga ilova) hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning  sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisoboti, “Hududgazta’minot” AJ

12-korxona (xizmat) (12-korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot

Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari) hamda notijorat tashkilotlar

8iyul:

4-invest (asosiy) shakli Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida hisobot

1 – 4 boblar: Barcha iqtisodiy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, qurilish xo‘jalik boshqaruvi organlarini qo‘shgan holda (kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, notijorat tashkilotlardan tashqari) 5 – bob: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari va Toshkent shahar injiniring kompaniyalari hamda boshqa yuridik shaxslar

6 – bob: Investitsiya loyihasi ijrochilari (tashabbuskorlari)

4-mehnat shakli  Mehnat hisoboti

Yuridik shaxslar, yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari)

 

Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).