05/03/2025

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan palovning o‘rtacha narxi to‘g‘risida ma’lumotlarni shakllantirish tartibi hamda e’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibiga o‘zgartirish kiritildi.

Bunga ko‘ra, 2025- yilning fevral oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijasida palov tayyorlashda ishlatiladigan asosiy mahsulot turlarining o‘rtacha narxlari hamda mazkur mahsulot turlarining o‘rtacha narxlari asosida hududlar kesimida 1 kg palovning o‘rtacha qiymatlari to‘g‘risida ma’lumot shakllantirish va e’lon qilish yo‘lga qo‘yildi. Palov tayyorlash uchun ishlatiladigan mahsulotlar miqdori hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda shartli belgilandi.

Bunga qadar, statistika organlari tomonidan “osh markazlari”da sotiladigan 1 porsiya palovning o‘rtacha narxlari va ular asosida 1 kg palovning shartli ravishda hisoblangan o‘rtacha narxlari hududlar kesimida e’lon qilingan.

Ma’lumotlar veb-saytning “Yangiliklar” bo‘limida quyidagi manzil boʻyicha joylashtirildi:https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar