O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 20- dekabrdagi PF– 35- son "2022- yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoni hamda Mustaqillik bayrami munosabati bilan, statistika hisobotlarining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari 2022 –yil 7 –sentabrgacha uzaytiriladi:
12-narx (xarid) shakli “Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o‘rtacha narxlari to‘g‘risida hisobot” ;
12-korxona shakli “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot” ;
12-korxona (sanoat) shakli (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida hisobot” ;
12-korxona (savdo) shakli (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot” ;
12- korxona (xizmat) shakli (12-korxona shakliga ilova) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot”.
Shu bilan birga, Davlat statistika qo‘mitasi serverlari kechayu-kunduz ishlashini va Sizning hohishingizga qarab hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.