2024 yil 1-10 yanvar kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:
5 yanvar:
12 korxona shakli Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot.
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar.
12 korxona (savdo) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot.
Hududiy alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxs bo‘lgan ulgurji, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va ovqatlanish tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari).
12 korxona (xizmat) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot.
Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari) hamda notijorat tashkilotlar
4 sanoat (mahalliylashtirish) shakli Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish to‘g‘risida hisobot.
Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda qatnashayotgan tashkilotlar.
4 sanoat (metall) shakli Qora va rangli metall mahsulotlari resurs bazalarining hosil bo‘lishi, ishlab chiqarilishi va sotilishi to‘g‘risida hisobot.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari-idoraviy bo‘ysunishdagi xo‘jalik subyektlari bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlarni;
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari-hududiy bo‘ysunishdagi xo‘jalik subyektlari bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlarni.
4 qx (tashkilot) shakli Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida hisobot.
Qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar (fermer xoʻjaliklari, mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari).
4 fx shakli Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot.
Fermer xoʻjaliklari.
4 dx shakli Dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisida hisobot.
Mahalla fuqarolar yigʻinlari.
4 avto shakli Avtomobil transporti ishi to‘g‘risida hisobot.
O‘z balansida yoki ijaraga olgan beshdan ortiq avtomobillari bo‘lgan yuridik shaxslar (notijorat tashkilotlar, kichik korxonalar
va mikrofirmalardan tashqari).
4 elektr transporti shakli Transporti to‘g‘risida (tramvay, metropoliten, trolleybus) hisobot.
Elektr transportida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar.
6 yanvar:
12 korxona (sanoat) (12 korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risidagi hisobot.
“Hududgazta’minot” AJ
4 mehnat shakli Mehnat hisoboti.
Yuridik shaxslar, yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari).
4 invest (asosiy) shakli Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish to‘g‘risida hisobot .
1 – 6 boblar: Barcha iqtisodiy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, qurilish xo‘jalik boshqaruvi organlarini qo‘shgan holda (kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, notijorat tashkilotlardan tashqari) 1 – 7 boblar: investitsiya loyihasi ijrochilari (tashabbuskorlari).
4 qurilish (ijtimoiy soha) shakli Ijtimoiy soha obyektlarining qurilishi to‘g‘risidagi hisobot.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari va Toshkent shahar injiniring kompaniyalari hamda boshqa yuridik shaxslar.
10 yanvar:
4 narx (xarid) shakli Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o‘rtacha narxlari to‘g‘risida hisobot
Sanoat faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar, ularning alohida bo‘linmalari (davlat statistika organlari tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha).
Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).