30/03/2022

Sizni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2022-yil 31- mart kuni soat 16:00da O‘zbekiston Respublikasi Milliy matbuot markazida “Davlat statistika ishlari dasturi doirasida 2021- yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti” mavzusida tashkil etiladigan matbuot anjumanida ishtirok etish uchun taklif etamiz!

Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil ma`lumotga ega bo`lish hamda qo`mita faoliyatiga doir o`zingizni qiziqtirgan savollar bo`lsa, unda marhamat. Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.

Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 16-uy.

Axborot xizmati