2025-yil 12-dekabr kuni soat 11:00 da Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasida “Eng namunali statistika xodimi” tanlovining markaziy apparat bosqichi oʻtkaziladi.

Mazkur tanlov statistika organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy mahorati, masʼuliyati va tashabbuskorligini oshirish, ilgʻor ish tajribalarini aniqlash hamda ularni ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Baholash mezonlari:

  • Rasmiy statistika sohasida qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni bilish darajasi;

  • Oʻz kasbini puxta egallaganlik darajasi;

  • Davlat tilini oʻzlashtirganlik darajasi;

  • Raqamli texnologiyalarni oʻzlashtirganlik darajasi;

  • Xorijiy tillarni bilish darajasi;

  • Ish jarayonlarini takomillashtirish, soha faoliyatini yaxshilash boʻyicha taklif va tashabbuslarning mavjudligi;

  • Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlarini bilish darajasi;

  • Oʻzini tuta bilishi, kiyinish madaniyati hamда fikrini aniq, ravon ва tushunarli bayon eta olish qobiliyati.

📅 Sana: 12-dekabr, 2025-yil

Vaqt: soat 11:00

📍 Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi