2024- yil 11-20- yanvar kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:
16- yanvar:
1-bozor (savdo joyi) shakli Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo joylari to‘g‘risida __-yil uchun hisobot.
Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlar.
1-eko (rekultivatsiya) shakli yerlarni yaroqli holga keltirish toʻgʻrisida ___-yil uchun hisobot.
Yer qatlami buzilishi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlarning boshqaruv organlari.
1-ijtimoiy yordam shakli Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni aniqlash va joylashtirish bo‘yicha _-yil uchun hisobot.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi – statistika organlariga.
17- yanvar:
1-temir yo‘l (umumfoydalanmaydigan) shakli umumiy foydalanilmaydigan temir yo‘l transporti to‘g‘risida __-yil uchun hisobot.
O‘z balansidagi yoki ijaraga olingan lokomotivlari, vagonlari, umumfoydalanmaydigan temir yo‘llari bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona
va mikrofirmalar, notijorat tashkilotlaridan tashqari).
18- yanvar:
12 moliya shakli Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot.
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, banklar, sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari.
4 korxona(miz) (12 korxona shakliga ilova) maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan tashkilotlar
va klasterlar faoliyati to‘g‘risida hisobot.
Erkin iqtisodiy zona, maxsus ilmiy-texnologik zona, turistik-rekreatsion zona, erkin savdo zonasi, maxsus sanoat zonasi, kichik sanoat zonasi, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxslar, klasterlar, ularning alohida bo‘linmalari (kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘shgan holda).
Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).