O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2023- yil uchun milliy hisoblar bo‘yicha quyidagi yakuniy statistik ma’lumotlar shakllantirilib, Agentlik veb-saytining “Rasmiy statistika” bo‘limida quyidagi manzil boʻyicha joylashtirildi: https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2
Yalpi ichki mahsulot (ishlab chiqarish va yakuniy iste’mol usullari bo‘yicha):
- Milliy hisoblar, yillik;
- Milliy hisoblar, choraklik;
- Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida YaIM hajmi (IFUT-2 seksiyalari bo‘yicha);
- Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida YaIM o‘sish sur’atlari (IFUT-2 seksiyalari bo‘yicha);
- Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yalpi ichki mahsuloti hajmi;
- Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yalpi ichki mahsuloti tarkibi;
- Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida yalpi ichki mahsulotining o`sish sur`atlari;
- YaIM deflyatori;
- Ishlab chiqaradigan sanoatning qo`shilgan qiymati;
- Yalpi ichki (hududiy) mahsulot hajmi;
- Yalpi ichki (hududiy) mahsulotning o`sish sur`atlari;
- Aholi jon boshiga yalpi ichki (hududiy) mahsulot hajmi;
- Aholi jon boshiga yalpi ichki (hududiy) mahsulotning o`sish sur`atlari.