2023-yil 19-dekabr soat 11:00 da Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Statistika agentligi tomonidan ochiq muloqot tashkil etiladi.
Mavzu: Milliy statistika tizimini raqamli texnologiyalari asosida takomillashtirish holati va istiqbollari.
Agar Sizda mazkur mavzu yuzasidan batafsil maʼlumotga ega boʻlish hamda agentlik faoliyatiga doir oʻzingizni qiziqtirgan savollar boʻlsa, unda marhamat.
Biz Siz bilan doimo muloqot qilishga tayyormiz.
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shox koʻchasi 118-uy.