O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 24-apreldagi “Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi SQ-283-IV-son qaroriga muvofiq, shuningdek, uning statistika ishlarini bajarish jarayonida foydalaniladigan statistik klassifikatsiyalar tizimida aks ettirilishini ta'minlash maqsadida Ma'muriy-hududiy tuzilmalarni (ob'yektlarni) belgilash tizimi idoraviy statistik tasniflagichiga Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil 11-maydagi 41-son buyrug‘i bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.O‘zgartirilgan ma'lumotnoma bilan rasmiy saytning “Statistik tasniflagichlar” bo‘limi orqali tanishish mumkin.
Davlat statistika qo`mitasi Matbuot xizmati