05/08/2024

Statistika agentligi tomonidan 2024-yil 6-avgust kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzbekistonda norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 Matbuot anjumanida quyidagilar boʻyicha axborot beriladi:

 — Oʻzbekistonda ilk bor yashirin iqtisodiyot baholandi;

 —  Xalqaro valyuta jamgʻarmasining texnik koʻmak missiyalari jalb etildi;

 — Hududlarda norasmiy va yashirin iqtisodiy faoliyatni oʻrganish boʻyicha tanlanma statistika kuzatuvlari oʻtkazildi;

 — Oʻzbekistonda YAIM hajmi 100 mlrd AQSH dollaridan oshdi.

 Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar, marhamat matbuot anjumanida qatnashib, oʻzingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qiling!

 Manzil: Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30-uy.