2024- yil 15-iyuldan 22-iyul kunlarida quyidagi statistika hisobot turlari taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:
18- iyul:
12-moliya shakli Tashkilotning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida hisobot
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxona va mikrofirmalar, fermer xo‘jaliklari, banklar, sug‘urta tashkilotlaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari
20- iyul:
4-MIZ (12-korxona shakliga ilova) Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati to‘g‘risida hisobot
Erkin iqtisodiy zona, maxsus ilmiy-texnologik zona, turistik-rekreatsion zona, erkin savdo zonasi, maxsus sanoat zonasi, kichik sanoat zonasi, texnopark ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxslar, klasterlar, ularning alohida bo‘linmalari (kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘shgan holda)
Eslatma: Statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda).