Joriy yil 1-10 dekabr kunlarida quyidagi statistika hisobotlarining taqdim etish muddatlari yaqinlashayotganligini eslatamiz:
5-dekabr:
12-korxona “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot” Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslar (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan tashqari), tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari va notijorat tashkilotlar tomonidan taqdim etiladi
12-korxona (savdo) (12-korxona shakliga ilova) Hududiy alohida bo‘linmalarga ega yuridik shaxs bo‘lgan ulgurji, chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va ovqatlanish tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari)
12-korxona (xizmat) (12-korxona shakliga ilova) Yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan tijorat tashkilotlari (kichik korxonalar, mikrofirma va qishloq xo‘jaligi tashkilotlaridan tashqari) hamda notijorat tashkilotlar
3-paxta shakli Paxta xomashyosini tayyorlovchi tashkilotlar
3-don shakli Don tayyorlovchi tashkilotlar
3-pilla shakli Pilla tayyorlovchi tashkilotlar
6-dekabr:
12-korxona (sanoat) (12-korxona shakliga ilova) “Hududgazta’minot” AJ
Eslatma: Davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzish, hisobot ma’lumotlarini buzib ko‘rsatish yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzish ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJTK 215-modda)